Jahon | 15:46 / 05.12.2018
10300
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiya rossiyalik diplomatni chiqarib yubordi. U josuslikka aloqador bo‘lgan

Foto: REUTERS

Slovakiya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Slovakiya rasmiylari ushbu diplomat josuslik faoliyatiga aloqador bo‘lganini aniqlagan.

Reuters respublika bosh vaziri Peter Pellegrinining bayonotidan iqtibos keltirdi. 

"Biz uni 22 noyabr kuni chiqarib yubordik. Ushbu shaxs Slovakiyani 48 soat ichida tark etdi", - deya aytib o‘tgan Pellegrini.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha prezidenti Ukraina va Slovakiyaga xavf haqida ma'lum qilgandi.

Anjyey Dudaning ma'lum qilishicha, «Shimoliy oqim - 2» quvuri Ukraina va Slovakiya uchun energetik xavf tug‘diradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid