Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlari daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga jalb qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub'yektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub'yektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub'yektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, daryolar o‘zanlarini tozalashda qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari transport va yo‘l infratuzilmasi obektlarini, shuningdek, davlat dasturlari, yirik investitsiya loyihalari va davlat ahamiyatiga eta boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi va tadbirkorlik sub'yektlari yoki boshqa tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilib, loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
Agar bunday daryo uchastkalari uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqilmagan yoki yakunlanmagan bo‘lsa, bunda daryolar o‘zanlarini tozalashda qum-shag‘al materiallarini qazib olish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish ishlarini parallel ravishda olib borilishiga ruxsat beriladi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini to‘laqonli ta'minlash maqsadida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular oqibatida zararlangan daryolar qirg‘oqlarini va ulardagi dambalarni tiklashga daryo o‘zanlaridan qazib olingan qum-shag‘al materiallari uchun to‘lovlar undirilmaydi. Bunda loyihada belgilangan zaxira qirg‘oqlarni va dambalarni tiklash uchun olingan qum-shag‘al materiallari hajmiga kamaytiriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan zaruratga ko‘ra olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallari to‘planib qolgan va tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar ro‘yxati shakllantiriladi.
Daryo o‘zanlarini tozalashda faqat, qirg‘oqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan va suv oqimlariga to‘sqinlik qilayotgan o‘zanda yig‘ilib qolgan qum-shag‘al materiallari hajmini qazib olinishiga ruxsat etiladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi besh ish kuni mobaynida uchastkalar ro‘yxatini prezidentning “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda kiritadi.
Komissiya o‘n ish kuni mobaynida uchastkalar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va ijro uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboradi.
“Xavfsiz daryo” DUK besh ish kuni mobaynida tasdiqlangan uchastkalar ro‘yxati bo‘yicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.
Loyiha tashkilotlari buyurtmada (shartnomada) ko‘rsatilgan muddatda loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi. Loyiha hujjatlarida quyidagilar aks etadi:
loyihaning maqsadi;
qum-shag‘al zaxirasining hajmi;
loyihadan kutiladigan natija;
loyihani amalga oshirish muddati va joyi;
loyihani amalga oshirish joyi joylashgan hududdan kelib chiqqan holda texnik ko‘rsatkichlar.
Loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan loyiha hujjatlarini olgandan so‘ng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari yigirma ish kuni mobaynida har-bir loyiha hujjatlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi va “Xavfsiz daryo” DUK vakiliga ishonchnoma asosida topshiradi.
Loyiha hujjatlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallar tayyorlanishini ta'minlaydi.
Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallarni tayyorlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
loyihaning minimal qiymatini aniqlash;
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qo‘yish to‘g‘risida “Xavfsiz daryo” DUK direktori buyrug‘ini ishlab chiqish;
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun zarur boshqa hujjatlarni tayyorlash.
Loyihaning minimal qiymati loyihada ko‘rsatilgan qum-shag‘al materiallari zaxirasining har 1 kub.m, uchun loyiha auksionga qo‘yilgan kunda amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqining ikki foizi miqdorida belgilanadi.
Loyihaning minimal qiymati loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qo‘yishda boshlang‘ich narx hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi buyruq “Xavfsiz daryo” DUK direktori tomonidan imzolanadi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qo‘yish uchun asos;
loyihani amalga oshirishdan belgilangan maqsad;
loyihaning o‘ziga xos raqami, uni amalga oshirish joyi va muddati;
loyiha bo‘yicha qum-shag‘al zaxirasining hajmi;
loyihaning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi);
loyihani amalga oshirish huquqi egasining majburiyatlari, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasi xulosasida qayd etilgan majburiyatlar;
loyihani amalga oshirish shartlari va tartibi to‘g‘risida axborot.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026