Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qalbaki hujjat tayyorlagan fuqaro qo‘lga olindi
Foto: Flickr
2018 yil noyabr oyda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi G‘.Z. Rishton tumanida yashovchi 4 nafar fuqarolarning nomiga traktor va tirkamalarni rasmiylashtirish uchun qalbaki ravishda tayyorlangan texnik pasportlar va oldi-sotdi shartnomalarni Inspektsiyaning Farg‘ona viloyati, Rishton tuman bo‘limiga taqdim etgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro G‘.Z. o‘z aybiga iqror bo‘lib, ushbu qalbaki hujjatlarni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi G.G.dan 200 ming so‘mga sotib olganligini bildirib, bu haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Fuqaro G‘.Z.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbirda, Andijon shahrida yashovchi G.G. tanishi G‘.Z.ga fuqaro X.A. nomiga «T-28x4m» rusumli traktorga egalik huquqini beruvchi qalbaki texnik pasport va oldi-sotdi shartnomani 200 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda xolislarning ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.G. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026