Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtotashishlarga litsenziyalarni rasmiylashtirish muddati qisqartirildi
Foto: Depositphotos
Bu Vazirlar Mahkamasining 5.12.2018 yildagi 994-son qarorida nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
Quyidagilarning yangi tahriri tasdiqlandi:
• Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom;
• Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari.
Hujjatlar yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa ham, ularda jiddiy o‘zgarishlar ko‘p emas.
Birinchidan, endi litsenziya olish uchun talabgorlar mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak emas. Bu avtomobilning texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan texnik pasportning yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxalariga ham taalluqli.
Lisenziyalovchi organ idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali zarur ma'lumotlarni o‘zi oladi.
Ikkinchidan, quyidagi muddatlar qisqartirildi:
• litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish – 10 kundan 5 kunga;
• litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish – 3 ish kunidan 1 ish kuniga;
• talabgor davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin litsenziyani rasmiylashtirish – 2 ish kunidan 1 ish kuniga.
Uchinchidan, yangi yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada har biri tashishlarga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish imkoniyati istisno etildi. Endi qayta tashkil etishda faqat o‘zgartirish (yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish) chog‘ida litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjat 6.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:55 / 29.08.2025