Bu Vazirlar Mahkamasining 5.12.2018 yildagi 994-son qarorida nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
Quyidagilarning yangi tahriri tasdiqlandi:
• Avtomobil transportida yölovçilarni hamda yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyatini litsenziyalaş töğrisida nizom;
• Avtomobil transportida yölovçilarni hamda yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalar berilganligi uçun davlat boji miqdorlari.
Hujjatlar yangi tahrirda qabul qilingan bölsa ham, ularda jiddiy özgarişlar köp emas.
Birinçidan, endi litsenziya oliş uçun talabgorlar mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boşqa aşyoviy huquqlar yoki ijara şartnomalari töğrisidagi ma'lumotlarni taqdim etişlari kerak emas. Bu avtomobilning texnik jihatdan soz ekanligi töğrisida belgi qöyilgan texnik pasportning yoki avtotransport vositalari guruhi texnik körikdan ötkazilganligi dalolatnomasining nusxalariga ham taalluqli.
Lisenziyalovçi organ idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali zarur ma'lumotlarni özi oladi.
Ikkinçidan, quyidagi muddatlar qisqartirildi:
• litsenziya beriş yoki litsenziya berişni rad etiş töğrisida qaror qabul qiliş – 10 kundan 5 kunga;
• litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror töğrisida xabardor qiliş – 3 iş kunidan 1 iş kuniga;
• talabgor davlat boji tölanganligini tasdiqlovçi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin litsenziyani rasmiylaştiriş – 2 iş kunidan 1 iş kuniga.
Uçinçidan, yangi yuridik şaxs davlat röyxatidan ötkazilgan sanada har biri taşişlarga litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslar qöşib yuborilganda litsenziyani qayta rasmiylaştiriş imkoniyati istisno etildi. Endi qayta taşkil etişda faqat özgartiriş (yuridik şaxsning taşkiliy-huquqiy şaklini özgartiriş) çoğida litsenziya qayta rasmiylaştiriladi.












