O‘zbekiston | 14:32 / 10.12.2018
92041
3 daqiqa o‘qiladi

Eksklyuziv suhbat: Orol dengizini 7 yil ichida qayta tiklaydigan texnologiya taklif etilmoqda

O‘zbekistonda Orol dengizini tiklash uchun sun'iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasi ishlab chiqildi.  

Ishlab chiqilgan tizim bulutlarni generatsiya qilish va kimyoviy moddalarsiz sun'iy yomg‘ir yog‘dirish imkonini beradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, dengiz qayta tiklanishi uchun 5-7 yil kerak bo‘ladi.

«Biz 60-yillardagi suv miqdorini qaytaramiz, – dedi loyiha muallifi Olimjon Yusupov. – Dunyoda bunday texnologiyalar ko‘p emas. Bizning texnologiyamiz ancha zamonaviy, ko‘chma, barchasi o‘zimizda tayyorlanadi. Tizim atmosferaga to‘liq ta'sir qila oladi, eng asosiysi esa, Orolbo‘yidagi muvozanatni tiklaydi».

Ana shunday bitta tajribaviy tizim tannarxi 800 mln so‘m deb baholanmoqda, bu xorijiy muqobil texnologiyalardan bir necha baravar arzondir. Orolni tiklash uchun to‘rtta ana shunday tizim kerak bo‘ladi.

«Texnik nuqtai nazardan barchasi tayyor. 2019 yil apreldan tajribaviy tizimni ishga tushiramiz. U Mo‘ynoq yaqinida joylashtiriladi. Sinov rejimida real ko‘rsatkichlarni o‘lchaymiz. Bizni qoniqtiradigan natijaga erishgach, tuprog‘i namlikka muhtoj bo‘lgan boshqa hududlar haqida bosh qotiramiz», dedi Yusupov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur texnologiya ko‘plab maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin. U nafaqat sun'iy bulut paydo qilish, balki iqlimni tuz, zararli metallardan tozalash imkonini beradi, havo namligini oshiradi. Aeroportlarda undan tumanni tarqatishda foydalanish mumkin.

«Meni yomg‘irni boshqarish qiziqtirib qo‘ydi. Bu orqali mikroiqlimni tiklashimiz oson bo‘ladi. Hozir barchasini puxta hisob-kitob qilish va oldimizda turgan masalalarni hal qilish lozim. Zarur bo‘lsa, olimlarni ham jalb etamiz», – dedi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xalqaro Orolbo‘yi innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mirzamuratov.

Video: Youtube

Video: Tas-ix

 

Mavzuga oid