Jahon | 14:10 / 11.12.2018
15305
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Qora dengizda harbiy baza qurishni boshladi

Foto: Milliyet

Turkiya Qora dengizning sharqiy qirg‘og‘ida harbiy-dengiz bazasi qurishga kirishdi. Bu haqda TASS turk OAVga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, baza Surmene aholi punkti yaqinida joylashgan. Nashrning qayd etishicha, Turkiya rasmiylari AQSh Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng Qora dengizga harbiy kemalar jo‘natish niyatida ekani haqidagi xabarlardan keyin shunday qadamga bordi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bazada 400 harbiy xizmat qiladi. Shuningdek, u yerda 200 nafar oddiy fuqaro ham ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Qora dengizdagi harbiy ishtiroki shaklini tushuntirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid