Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada Ford zavodining sobiq rahbarlari ko‘p yillik qamoq jazolari oldi
Argentina federal sudi 11 dekabrda mamlakatdagi harbiy diktatura yillarida (1976-1983 yillar) Ford zavodining ishchilarning o‘g‘irlanishi va qiynoqqa solinishiga aloqador bo‘lgan ikki nafar sobiq rahbari va sobiq harbiyga nisbatan hukm chiqardi.
Mahalliy huquqni himoya qilish tashkiloti H.I.J.O.S’ning ma'lum qilishicha, sud qarori bilan zavodning sobiq boshqaruvchisi Pedro Myuller 10 yillik, xavfsizlik bo‘yicha sobiq boshlig‘i Ektor Sebilya 12 yillik, sobiq harbiy Santyago Omar Rivero esa 15 yillik qamoq jazosi oldi. Sudya ular sodir etgan jinoyatlarni insoniyatga qarshi deb aytgan.
“Bu tarixiy qarordir. Uch sudya Ford ham diktaturaga aloqador bo‘lganini aytgan”, deyilgan H.I.J.O.S’da.
Sudlanuvchilar mamlakatdagi harbiy diktatura vaqtida Ford zavodida qatag‘onlar uyushtirgan va kamida 24 ishchining o‘g‘irlanishiga aloqador bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
20:12 / 22.06.2026
Ford arzon elektr pikapni chiqarishni rejalashtirmoqda
18:47 / 16.06.2026
Uzunligi qariyb 6 metr - Amerikadagi eng mashhur avtomobil nomi e’lon qilindi
18:49 / 06.05.2026