Jahon | 12:32 / 13.12.2018
16323
1 daqiqa o‘qiladi

Anqarada poyezd halokatga uchradi

Turkiyada Anqaradan Ko‘nyaga yo‘l olgan tezyurar poyezd lokomotiv bilan to‘qnashib ketdi. Mamlakat Transport vazirligi xabariga ko‘ra, poyezdning ikkita vagoni relslardan chiqqan. Shuningdek, yer usti o‘tish joyi quladi.

Foto: NTV

So‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, Anqaradagi poyezd halokatida yetti kishi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda NTV telekanali. Hayotdan ko‘z yumganlar orasida bir mashinist va olti nafar yo‘lovchi bor.

Foto: NTV
Foto: NTV

Ta'kidlanishicha, 46 kishi jarohat olgan, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda ekani aytiladi.

Mamlakat prokuraturasi ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid