Jahon | 08:41 / 13.12.2018
5133
1 daqiqa o‘qiladi

SWIFT to‘lov tizimi bosh direktori iste'foga ketishga qaror qildi

Foto: Jason Alden/Bloomberg via Getty Images

Banklararo ma'lumot uzatish va to‘lovlarni amalga oshirish xalqaro tizimi SWIFT bosh direktori Gottfrid Leybbrandt 2019 yil iyunida iste'foga ketishga qaror qildi. U bu haqda Bloomberg axborot agentligiga ma'lum qilgan.

“SWIFT hozirda 7 yil avvalgidan umuman o‘zgacha holatda. Har doim boshqaruvni topshirish va yangi bobni yozish vaqti keladi. O‘ylaymanki, hozir aynan shu vaqtdir”, deb aytgan Leybbrandt.

Uning aytishicha, u bu qarori haqida kompaniya direktorlar kengashini xabardor qilgan. Axborot agentligining ta'kidlashicha, 58 yoshli Leybbrandt kompaniyaga 7 yil boshchilik qilgandan keyin 2019 yil iyunda o‘z vakolatlarini bo‘ynidan soqit qiladi. 

Ayni vaqtda SWIFT tizimiga 200 dan ko‘proq davlatdagi 11 mingdan ko‘proq moliyaviy institut ulangan. 

Mavzuga oid