Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qarşi uruşi sababli Rossiyaga qarşi sanksiyalarning yangi paketi doirasida yana 15 ga yaqin rus bankini SWIFT xalqaro bank tizimidan uzişni taklif qildi, deb xabar berdi Bloomberg 28 yanvar, seşanba kuni manbalarga tayanib. Agentlik suhbatdoşlari Rossiyaning qaysi banklarini uziş rejalaştirilganiga aniqlik kiritmadi.

Bundan taşqari, yangi, 16-sanksiya paketi Rossiya alyuminiysining importini bosqiçma-bosqiç taqiqlaş va Rossiya neftini sotişda iştirok etayotgan «soyadagi flot»ning 70 dan ortiq kemalariga nisbatan çeklovlarni öz içiga olişi kutilmoqda. 

Bloomberg manbalari ta’kidlaganidek, yangi sanksiyalar paketini tasdiqlaş uçun Yevropa Ittifoqiga a’zo barça davlatlarning roziligi talab qilinadi va Vengriyaning qarşiligini hisobga olib, bu çoralar ma’qullanişi aniq emas. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining 3 yilligi arafasida Rossiyaga nisbatan jazolarning yangi kuçaytirilişi muhokama qilinmoqda.

Bryussel Rossiyaga qarşi sanksiyalarni uzaytirişga tayyorlanmoqda

Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan joriy sanksiyalari har olti oyda bölgani kabi yana uzaytiriladi — bu Bryusselda Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining 27 yanvar, duşanba kuni bölib ötadigan uçraşuvi oldidan rasmiylar va diplomatlar tomonidan aytilgan taxmin. «Biz Rossiyaga qarşi sanksiyalar rejimini uzaytiriş ustida işlayapmiz va bu sanksiyalar yaqin kunlarda qabul qilinişidan boşqa variantni körmayapmiz», — dedi YeIning yuqori martabali rasmiysi 24 yanvar kuni Bryusselda bölib ötgan brifingda.

Uning eslatişiça, Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi uç yönalişda harakat qilmoqda: Ukrainani qöllab-quvvatlaş, Vladimir Putin siyosatiga qarşi turiş va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi global oqibatlarini bartaraf etiş. «Sanksiyalar strategiyamizning asosiy qismidir», dedi u. Rasmiyning sözlariga köra, bu çeklov çoralari Putin rejimiga Ukrainaga qarşi uruş olib boriş uçun köproq aktivlardan foydalanişiga tösqinlik qilib, unga zarar yetkazadi. «Rossiya tajovuzkorligini davom ettirar ekan, unga qarşi sanksiyalar qöllaniladi», — dedi u va bu masala Rossiya gazining Ukraina orqali ötişi bilan heç qanday aloqasi yöqligini aytdi.

27 yanvar kuni Yevropa Ittifoqining bir mamlakatidan kelgan vazir bu masalani Taşqi işlar kengaşida kötarişi mumkin, deydi rasmiy Vengriyaga işora qilib, biroq Yevropa komissiyasi birmunça vaqt oldin Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini töxtatib qöymaydi degan xulosaga kelgan. Bu butun Yevropa Ittifoqi yoki uning alohida a’zolarining energiya xavfsizligiga tahdid soladi.