AQŞning eng yirik banklari JPMorgan Chase va Goldman Sachs Rossiya qarziga xizmat körsatiş operatsiyalaridan boş tortdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Rossiyaning Sberbank, Rosselxozbank va Moskva kredit banki moliya institutlari SWIFT xalqaro tölovlarning eng yirik tizimidan uzilmoqda. YeIning Ukrainaga bostirib kirişi sababli Rossiyaga qarşi joriy etgan sanksiyalarining oltinçi paketi doirasida qabul qilingan uşbu çora 14 iyun, seşanba kunidan boşlab işlay boşladi.
12 martdan boşlab uşbu moliyaviy xabarlar tizimi VTB, «FK Otkrytiye», Promsvyazbank, Sovkombank, «Rossiya» banki, Novikombank va VEB davlat korporatsiyasi banklariga xizmat körsatişni töxtatdi.
Ayni paytda, Bloomberg ma’lumotlariga köra, AQŞning eng yirik banklari JPMorgan Chase va Goldman Sachs Rossiya qarz majburiyatlariga xizmat körsatiş operatsiyalaridan boş tortgan. Bu ötgan hafta AQŞ Moliya vazirligining amerikalik investorlarga bunday aktivlarni qölga kiritişni taqiqlaş töğrisidagi kutilmagan bayonotidan keyin sodir böldi, deb yozadi agentlik masaladan xabardor manbalarga tayanib.
Şu bilan birga, AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) yangi va mavjud qarzlar hamda Rossiya qimmatli qoğozlarini sotib olişni taqiqladi. «OFAC’ning yangilangan körsatmalariga va Goldman Saçs’ning Rossiyadagi biznesi tugatilişiga muvofiq, firma endi Rossiya yuridik şaxslari bilan bozorda faollik hosil qiluvçi ayrim operatsiyalarni amalga oşirmaydi», — deyiladi bank bayonotida.
24 may kuni AQŞ Moliya vazirligi Rossiya suveren obligatsiyalari egalariga uşbu qimmatli qoğozlarga xizmat körsatiş va qarzni tölaş uçun dollar tölovlarini oliş imkonini beruvçi 9S boş litsenziyasini yangilamaganini e’lon qildi. Lisenziya muddati 25 may kuni Moskva vaqti bilan soat 07:01 da tugadi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin Ğarb tomonidan kiritilgan sanksiyalar Rossiya Moliya vazirligi, Markaziy banki yoki Milliy farovonlik jamğarmasi bilan operatsiyalarni taqiqlaydi. Şu bilan birga, 2 mart kuni OFAC qarzni tölaş va aksiyadorlarga tölovlar doirasida foizlar va dividend tölovlarini oliş uçun imkon yaratdi. Uşbu litsenziya Rossiyaga davlat obligatsiyalari böyiça tölovlarni davom ettirişga va şu bilan davlat qarzi böyiça defoltning oldini olişga imkon berdi.

















