Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus hech qachon Rossiya tarkibiga kirmasligini aytdi
Foto: TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko suverenitet uning mamlakati uchun muqaddas ekanligini va hech qachon Rossiya tarkibiga kirmasligini ma'lum qildi. U bu haqda Rossiya OAV xodimlari bilan uchrashuvda aytdi.
"Eslab qoling, biz uchun suverenitet muqaddas narsa, bu haqda oldin ham aytganman. Bu nisbiy mustaqillik, men mutlaq mustaqil davlatlar bo‘lmaydi deb hisoblayman. Va sizlar ham o‘ta mustaqil bo‘lmasangiz ham, suverensizlar. Agarda bizni Jirinovskiy taklif qilganidek, oblastlarga bo‘lib tashlash va Rossiyaga qo‘shib olishni istashsa – bu holat hech qachon bo‘lmaydi"- dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda Rossiya rahbariyati ana shunday o‘yda bo‘lsa - "bu Rossiyaning zarariga bo‘ladi".
"Prezidentning asosiy ishi mamlakat suverenitetini ta'minlashdir, men doim bu haqda o‘ylashim va biror tahdid bo‘lmasligi uchun atrofga qarab turishim lozim. Hozirda janubdan katta tahdidni his qilmoqdaman, u yerdan qurol va yaramaslar kelmoqda, mana shu men uchun muammo. Shuning uchun janubda tezlik bilan chegara o‘rnatmoqdaman, Rossiya bilan chegarani tiklamayman", dedi Lukashenko.
Mavzuga oid
09:23
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026