Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jahon internetidan uzib qo‘yilish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Parlamentchilar guruhi Rossiya davlat dumasiga jahon internet tarmog‘idan uzib qo‘yilganida runet uzluksiz ishlashini ta'minlaydigan qonun loyihasini taqdim etdi.
Hujjatda xorij internet-serverlari o‘rnini bosadigan maxsus infratuzilma yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Xabar qilinishicha, mazkur infratuzilma mahalliy operatorlar global tarmoqqa ulana olmaganidan runetning barqaror ishlashini ta'minlaydi.
Hujjatda aytilishicha, domen nomlarining milliy tizimi yaratiladi. Qonun loyihasida shuningdek, xatarlarni aniqlash va runet ishini qayta tiklash bo‘yicha muntazam mashqlar o‘tkazilishi haqida so‘z boradi.
Avvalroq Rossiya banklari Visa va Mastercard tizimidan uzib qo‘yilishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20 / 17.06.2026