Jahon | 13:40 / 15.12.2018
16493
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel laureati Nadiya Murod mukofotni shifoxona qurish uchun sarflaydi

Foto: REUTERS/Ari Jalal

Osloda Kongo Demokratik respublikasidan bo‘lgan ginekolog shifokor Denis Mukvege bilan 2018 yilgi Nobel tinchlik mukofotini qabul qilib olgan iroqlik Nadiya Murodning ma'lum qilishicha, Iroqda shifoxona qurilishi uchun pul mukofotini sarflash niyatida. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda.

«Men Nobel tinchlik mukofoti uchun olgan pulga Sinjor shahrida shifoxona quraman. Maqsadim - kasal odamlar, ayniqsa, IShID jangarilari tomonidan jinsiy zo‘ravonliklarga uchragan bevalar va ayollarga yordam berish», - deya ma'lum qildi Murod Sinjorda chiqish qilib.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, u, shuningdek, Iroq va Kurdiston hukumatlariga o‘z rejalariga qo‘shilishgani uchun minnatdorlik bildirib, tez orada shifoxonani qurish uchun gumanitar tashkilotlarga murojaat qilishini aytdi.

Nadiya Murod 1993 yilda tug‘ilgan, u Shimoliy Iroqdan. Murod IShID terroristik guruhida jinsiy qullikni boshidan o‘tkazgan va bugungi kunda urush zo‘ravonliklari qurbonlariga e'tibor jalb qilish bo‘yicha jamoat ishlarida faol qatnashib keladi. Nadiya IShID zo‘ravonligidan jabr ko‘rgan 3 ming yozid qiz va ayollaridan biri edi. Mukofot topshirilganidan so‘ng, u jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bilan ishlash uchun pul o‘tkazishini xabar qildi.

2018 yilda har bir nominatsiya bo‘yicha Nobel mukofoti miqdori 9 million shved kronasi (bir million AQSh dollari)ni tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid