Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:19 / 15.12.2018
19528
1 daqiqa o‘qiladi
Ukrainada Su-27 samolyoti halokatga uchradi
Foto: U.S. Air National Guard / Tech. Sgt. Charles Vaughn
Jitomir oblastida Ukraina HHKga qarashli Su-27 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Ukraina bosh shtabi xabar berdi.
Samolyot qo‘nayotgan vaqtda halokatga uchragan.
"Uchuvchi halok bo‘ldi. Voqea sabablari o‘rganilmoqda", deyiladi xabarda.
Bu Ukraina HHKga qarashli ikkinchi samolyotning halokatga uchrashidir. Oktyabr oyida Vinnitsa viloyatida NATO bilan hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti paytida Su-27UB samolyoti halokatga uchragandi. O‘shanda samolyot bortida bo‘lgan ukrainalik va amerikalik uchuvchi halok bo‘lgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish