Sport | 23:45 / 16.12.2018
12896
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Gvozdik bilan jangdan keyin komaga tushgan bokschi o‘ziga keldi

Foto: AFP

Kanadalik bokschi Adonis Stivenson ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdikka qarshi jangda olingan jarohatlar sababli koma holatiga kiritilgandan keyin ilk bor ko‘zini ochdi. 

Ma'lum qilinishicha, bu Stivenson yaxshilanayotganining birinchi yaqqol alomati bo‘ldi. U ko‘zini ochganida yonida rafiqasi bo‘lgan.

Bokschi 1 dekabrda Gvozdikka qarshi kechgan jangda og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilib, 6 dekabrda operatsiya qilingan. Gvozdik Stivensonni 11-raundda nokautga uchratgach, kanadalik miyaga qon quyilishi gumoni bilan shifoxonaga olib ketilgandi.

WBC yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 41 yoshli Stivenson uchun Gvozdikdan olingan mag‘lubiyat faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ldi. Kanadalik bokschining hisobida, shuningdek, 29 ta g‘alaba va bitta durang natija bor. 

Mavzuga oid