Amerikalik boksçi Patrik Dey hamyurti Çarlz Konvellga qarşi jangdan keyin şoşilinç ravişda şifoxonaga yetkazildi. Boksçi jangning 10-raundida oğir nokautga uçrab, ringdan nosilkalarda olib ketilgan.

Patrikning şifoxonaga yölda ahvoli oğirlaşib, u koma holatiga tuşgan. Çikagodagi şifoxonada boksçining miyasida operatsiya ötkazilgan. Ta'kidlanişiça, boksçining ahvoli öta oğir deb hisoblanmoqda. Ayni vaqtda şifokorlar uning hayoti uçun kuraşmoqdalar.

Boks jangi Çikagodagi boks keçasi doirasida ötgan. Keçaning boş jangi ukrainalik Aleksandr Usik va amerikalik Çez Uizerspun örtasida keçgan. Birinçi oğir vazn toifasida sobiq jahon çempioni bölgan Usik oğir vazn toifasida debyut qilib, raqibini nokautga uçratgaç, u 7-raundda jangni davom ettirişdan boş tortgan.