Fan-texnika | 09:00 / 16.12.2018
10685
2 daqiqa o‘qiladi

Apple kompaniyasi iPhone X ko‘rsatkichlarini oshirib ko‘rsatishda ayblandi

Foto: Apple

Apple kompaniyasi iPhone X modeli ekrani ko‘rsatkichlarini oshirib ko‘rsatishda ayblandi. Bu haqda Shimoliy Kaliforniya okrug sudiga berilgan da'vo arizasida aytilgan.

Ikki arzchining ta'kidlashicha, kompaniya ushbu modeldagi smarchfon ekrani ko‘rsatkichlarini noto‘g‘ri ko‘rsatgan. Apple ma'lumotlariga ko‘ra, ekran o‘lchami 5,8 dyuymni tashkil qiladi. Arzchilar esa ushbu ko‘rsatkichning haqiqiy qiymati 5,6875 dyuymni, ya'ni ko‘rsatilgandan kamroqni tashkil qilishini ta'kidlashgan. 

Bundan tashqari, kompaniya ekranning ko‘rsatish qobiliyatini ham noto‘g‘ri ko‘rsatgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2436 x 1125 pikselni tashkil qiladi, biroq arzchilarning fikricha, aslida u pastroq qiymatga ega. Shuningdek, hamma piksellarning ham qizil, yashil va ko‘k subpiksellari bor emas. 

Avvalroq iPhone’ning yangi modellari SquareTrade kompaniyasi o‘tkazgan mustahkamlikka sinovdan o‘ta olmagani ma'lum bo‘lgandi. Sinovlardan birida telefon 182 santimetrlik balandlikdan old va orqa tomoni bilan tashlangan. Birinchi holatda iPhone Xs va Xs Max jiddiy shikastlar olgan. Xs old tomoni bilan tashlanganda uning oynasi deyarli to‘liq singan, Xs Max’nikini esa darz qoplagan. Natijada mutaxassislar smarchfon “zarbalarga, ayniqsa tushib ketishlarga bardoshsiz ekani” haqidagi xulosaga kelishgan.

Mavzuga oid