O‘zbekiston | 15:18 / 17.12.2018
51758
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobillarni ijaraga berish tartibi belgilandi

Foto: Fotolia

Hukumat qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, mazkur Nizomga muvofiq yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya'ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo‘ladi. 

Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

pasport;
haydovchilik guvohnomasi;
tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida ma'lumotnoma;
garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan so‘ng, transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq haydovchilik guvohnomalarini berish huquqi xususiy biznesga o‘tkazilishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid