Jamiyat | 18:10 / 17.12.2018
5414
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tadbirkorni oynaga ishlov berish uskunasi bahonasida aldab ketishdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 15 dekabr kuni tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil fevral oyida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi M.I. Olmazor tumanida joylashgan “Glass Silver” MChJ binosida shu MChJ ish yurituvchisi S.T.ga oynaga ishlov berish uskunasini yasattirib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u oldindan 4 000 AQSh dollarini olib ketgan va bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.I. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid