Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShning muvaffaqiyatsiz urinishlari haqida ma'lum qildi
Foto: Khalil Ashawi / Reuters
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi turk harbiy amaliyotiga to‘sqinlik qilishni istaydi, lekin Turkiya bunga yo‘l qo‘ymaydi. Uning so‘zlari Anadolu agentligi tomonidan e'lon qilindi.
So‘yluning ko‘rsatishicha, AQSh 2017 yilda «Furot qalqoni» amaliyotini qo‘llab-quvvatlamadi, 2018 yildagi «Zaytun novdasi» amaliyoti davomida Anqaraga tahdid bilan chiqqan. «Endi esa Vashington Furot daryosidan sharqda shunga o‘xshash qadamlar qo‘yishga harakat qilmoqda. Turkiya bundan oldin bunga imkon bermagan, hozir ham bunga yo‘l qo‘ymaydi», - deya ma'lum qildi Turkiya IIV rahbari.
«Vashingtondagilarning fikricha, ular Turkiyaga amerikaliklar tomonidan tayyorgarlikdan o‘tkazilgan jangarilar qo‘li bilan zarba berishlari mumkin. AQSh Turkiyaga xalqaro bosimni tashkillashtirishga urindi, ammo Anqara barcha to‘siqlarni bartaraf eta oldi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Turkiyaga Suriya bo‘yicha eslatma bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
19:07
AQShda NUJ maxfiy dasturlariga rahbarlik qilgan general sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi
15:28
Uitkoff AQShda Putinning elchisi Dmitriyev bilan uchrashdi
14:39
Harbiy tergov: Erondagi maktabga berilgan raketa zarbasi uchun AQSh javobgar
11:44