Pentagon vakili Şon Robertsonning ma'lum qilişiça, Suriya şimoli-şarqidagi turk harbiylarining bir tomonlama harakatlari «qabul qilinişi mumkin emas». Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Robertson qayd etişiça, Suriyaning bu qismidagi harbiy harakatlar Qöşma Ştatlar vakillariga ta'sir qilişi mumkin.
«AQŞ vakillari u yerda [Suriya şimoli-şarqida] yoki yaqin joylarda bölişi mumkinligi hisobga olinib, [bir tomonlama harakatlar] jiddiy taşviş keltirib çiqaryapti. Bizning fikrça, bunday har qanday harakatlarni qabul qilib bölmaydi», - deya ma'lum qildi Robertson.
Şuningdek, uning eslatişiça, Suriyaning bu qismida hozirgi vaqtda terrorçilik taşkilotlari vakillari bilan kuraş olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Qora dengizda harbiy baza qurişni boşlagandi.













