Jahon | 19:00 / 17.12.2018
4570
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda zavod yonishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2018 / Stringer

Xitoyning Xenan viloyati, Shantsyu okrugidagi zavodlardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligida ma'lum qilingan.

Yong‘in 17 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 11.11da boshlangan. Bu vaqt Huahang Xiandai Nongmu kompaniyasiga tegishli zavod hududida kompaniyaning 11 xodimi bo‘lgan. Soat 14.15ga kelib yong‘inni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lingan.

Dastlab o‘t o‘chiruvchilar ichkaridagi barcha odamlarni topishga muvaffaq bo‘lishgani, biroq 7 kishi shifoxonada jon bergani ma'lum qilingan. 

Foto: AP Photo / Xinhua

Yong‘inning aniq sababi hali o‘rnatilmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga 3 xodimning xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgani olib kelgan bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid