Jahon | 17:11 / 18.12.2018
48503
2 daqiqa o‘qiladi

Qashshoqlar ustidan millionlab dollar pul sochgan millioner hibsga olindi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Gonkongda shaharning eng qashshoq kvartallaridan birida pul sochgan millioner hibsga olindi. Bu haqda CNN axborot portali xabar berdi.

 

Xabarda aytilishicha, 24 yoshli biznesmen Von Chxin Kxit baland bino tomiga chiqib yuz million Gonkong dollarini (12 mln 900 ming AQSh dollari) sochgan. Odamlar pul terishga tushib ketishgan va ur-yiqit boshlangan. 

Foto: Asia Crypto Today

Von «kambag‘allarga yordam berish uchun boylarni talashini» va «o‘zini odamlarga bitkoin haqida gapirib berishga majburdek  his qilayotganini» aytgan. Politsiya uni jamoat tartibini buzishda ayblab qo‘lga oldi. Odamlardan terib olingan pullarni politsiya uchastkasiga olib borish so‘raldi.

Foto: Asia Crypto Today

Von 2012 yilda telefon o‘g‘irlashda ayblanib qo‘lga olingandi. 2017 yilda u odamlarni oltinga pul tikishga chaqirgan va ularning pullarini olib g‘oyib bo‘lgan firibgarlarga aloqadorlikda ayblangan. Von shuningdek, moliyaviy piramidalardan birining asoschisi deb ham hisoblanadi. 

Mavzuga oid