Gonkongda şaharning eng qaşşoq kvartallaridan birida pul soçgan millioner hibsga olindi. Bu haqda CNN axborot portali xabar berdi.

 

Xabarda aytilişiça, 24 yoşli biznesmen Von Çxin Kxit baland bino tomiga çiqib yuz million Gonkong dollarini (12 mln 900 ming AQŞ dollari) soçgan. Odamlar pul terişga tuşib ketişgan va ur-yiqit boşlangan. 

Foto: Asia Crypto Today

Von «kambağallarga yordam beriş uçun boylarni talaşini» va «özini odamlarga bitkoin haqida gapirib berişga majburdek  his qilayotganini» aytgan. Politsiya uni jamoat tartibini buzişda ayblab qölga oldi. Odamlardan terib olingan pullarni politsiya uçastkasiga olib boriş söraldi.

Foto: Asia Crypto Today

Von 2012 yilda telefon öğirlaşda ayblanib qölga olingandi. 2017 yilda u odamlarni oltinga pul tikişga çaqirgan va ularning pullarini olib ğoyib bölgan firibgarlarga aloqadorlikda ayblangan. Von şuningdek, moliyaviy piramidalardan birining asosçisi deb ham hisoblanadi.