Jahon | 22:07 / 19.12.2018
16507
2 daqiqa o‘qiladi

Stiven Xoking aziyat chekkan kasallikka qarshi dori vositasi topildi

Foto: Sion Touhig

Alberta universiteti (Kanada) olimlari britaniyalik mashhur fizik Stiven Xoking aziyat chekkan kasallik – yon amiotrofik skleroz yoki Lu Rerig kasalligining rivojlanishini sekinlashtiruvchi dori vositasini topishdi. Mavjud usullar bu kasallikning rivojlanishini bir necha oygina to‘xtata oladi.    

Telbivudin deb ataluvchi dori vositasi amiotrofik sklerozning irsiy shakli bilan kasallangan 20 foiz bemorlarda noto‘g‘ri ishlovchi SOD1 fermentiga ta'sir qiladi. SOD1 yoki superoksiddismutaza-1 kislorodning faol shakllaridan biri – superoksid-anionlarni zararsizlantirishda ishtirok etadi. Nuqsonli ferment zaharli xususiyatlarga ega va harakat neyronlariga shikast yetkazadi.

Telbivudin hozirda gepatit V’ga qarshi kurashda virusga qarshi dori sifatida qo‘llanib kelinadi. Bu dorining bemorlarga xavfsizligi isbotlangan va shu sababli u amiotrofik sklerozni davolashda qo‘llanishga ma'qullanishi ehtimoli katta.

Yon amiotrofik skleroz davolanmas neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, miyaning motor qobig‘i asab hujayralari va harakat neyronlarini shikastlaydi. Natijada falajlik yuzaga keladi va mushaklar atrofiyasi avj oladi. Kasallar nafas yo‘llari infeksiyalaridan yoki nafas mushaklari faoliyati to‘xtashidan vafot etadilar. 

Mavzuga oid