Maşhur fizik olim Stiven Xoking Virgin Galactic kompaniyasi kemasida koinotga uçmoqçi. Bu haqda olimning özi ITV telekanalida çiqadigan Good Morning Britain dasturi efirida ma'lum qildi.

Xoking bu haqda dastur boşlovçisi bilan baxt nima ekanligini muhokama qilayotganda aytib ötdi. "Men sizga meni nima baxtiyor qilişini aytişim mumkin – bu koinotga sayohatdir. Heç kim meni u yerga olmaydi deb öylardim, biroq Riçard Brenson (Virgin Group egasi) menga Virgin Galactic kemasidan joy taklif qildi va men darhol "ha" deb javob berdim", dedi olim.

Xoking zamonamizning eng maşhur nazariyotçi fiziklaridan biri hisoblanadi. 1963 yilda olimga uni falajlikka olib kelgan yon amiotrofik sklerozi taşxisi qöyilgan. Xoking sözlaş qobiliyatini yöqotgan va öz fikrlarini bildiriş uçun nutq sintezatoridan foydalanadi. Joriy yilning 8 yanvarida Xoking 75 yoşini qarşilagan.