Britaniyalik maşhur fizik Stiven Xoking aynan hozir Yerda eng qörqinçli davr kelganini aytdi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda. 

Uning fikriça, bu elita bilan qolgan odamlar örtasida katta farq vujudga kelgani bilan boğliq va bu farq yangi texnologiyalar sababli kattalaşişda davom etmoqda. Yuzaga kelgan vaziyat internet va onlayn-platformalar ta'siri sababli jiddiy tus olmoqda. 

"Internet va boşqa onlayn-platformalar kiçik guruhdagi odamlarga işga kam sondagi odamlarni qabul qilib, katta daromad olişga imkon beradi. Bundan qoçib bölmaydi, bu taraqqiyot, biroq bu jamiyatni barbod qiladi", deb aytmoqda olim. Xoking yuqoridagi barçasini taraqqiyot deb atamoqda, biroq bu ijtimoiy barbod qiluvçi hodisalar ekanini ta'kidlab ötmoqda.

Bundan taşqari, olim Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi böyiça    referendum va AQŞdagi prezidentlik saylovlari natijalari "elitalari fuqarolaridan ança olislab ketgan" fuqarolar qarşiligi sababli vujudga kelganini aytdi.

Olimning ta'kidlaşiça, iqtisodiy muhojirlar soni aholining boy qatlamlari öz boyliklarini köz-köz qilayotganlari, kambağal odamlar esa buni körayotganlari sababli oşmoqda.

Xokingning fikriça, bu vaziyatdan çiqişning yagona yeçimi butun insoniyatning birlaşişidan iborat.

 

Maşhur olim Stiven Xoking şifoxonaga tuşib qoldi