Jahon | 07:47 / 03.07.2017
6922
1 daqiqa o‘qiladi

Mashhur olim Trampni iqlim kelishuvidan chiqish qarori uchun tanqid qildi

Foto: AP

Britaniyalik fizik-nazariyachi Stiven Xoking AQSh prezidenti Donald Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish qarori ortga qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda BBC News nashri xabar bermoqda. 

"Biz global isish ortga qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib keladigan burilish oniga yaqin turibmiz. Trampning qarori Yerni jar yoqasiga olib kelishi, uni harorati 250 graduslik va sulfat kislota yomg‘iri yog‘adigan Veneraga aylantirishi mumkin", deb aytdi olim.

Uning aytishicha, iqlim o‘zgarishi hali oldini olish mumkin bo‘lgan, insoniyatga xavf solayotgan eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi.

1 iyunda Tramp AQShning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqishini e'lon qilgandi. 

Mavzuga oid