OAV: Turkiya AQShga S-400 bo‘yicha taklif bilan chiqqan
Turkiya amerikalik texnik ekspertlarga Rossiyaning S-400 komplekslarini tadqiq etish taklifi bilan chiqqan. Bu Anqara ularni Moskvadan sotib olganidan keyin yuz berishi kerak edi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi vaziyatdan xabardor manbalarga tayangan holda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya shu tariqa Rossiyadan raketa komplekslarini sotib olishga bog‘liq vaziyat tufayli Qo‘shma Shtatlar bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikni bartaraf etmoqchi bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, AQShning S-400 bo‘yicha xavotirlari shunga aloqador bo‘lganki, bunda Turkiya F-35 qiruvchilarini ishlab chiqarish dasturida muhim hamkor sanaladi va agar Anqara ham F-35, ham S-400’ga egalik qilganida, Rossiya Amerika samolyoti haqida barcha ma'lumotlarni olishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti Turkiyaga Patriot tizimlarini sotib olishga ruxsat bergandi.
10 yil davomida Turkiya 20ta uchirish qurilmasi va 80ta tutib oluvchi raketalarga ega to‘rtta Patriot komplekslarini sotib olish uchun AQShdan ruxsat so‘ragan. Davlat departamenti 3,5 milliard dollarlik kelishuvni ma'qulladi.
Mavzuga oid
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:59 / 19.09.2024
Eronlik xakerlar Bayden shtabiga Tramp haqida ma’lumotlar yuborani ma’lum bo‘ldi
13:20 / 19.09.2024
Sanksiyalar chetlab o‘tilishi: AQSh Xitoydan uran importini tekshiryapti
12:00 / 19.09.2024