Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aholisi keyingi o‘n yil ichida ilk bor kamaydi
Foto: Dmitriy Feoktistov / TASS
2018 yilning yanvar-oktabr oylarida Rossiya aholisi soni 78,7 ming kishiga kamaydi, deb ma'lum qildi Rosstat. Aholining tabiiy kamayishi o‘tgan 10 oy davomida 180,5 ming kishini, migratsion o‘sish esa 101,8 ming kishini tashkil qilgan. Shu tarzda, migratsion oqim aholi kamayishi o‘rnini atigi 56,4%ga to‘ldirgan.
Bu Rossiyada keyingi 10 yil ichida aholi sonining ilk bor kamayishidir. So‘nggi marta bunday holat 2008 yilda qayd etilgan: migratsion oqimning tabiiy kamayish o‘rnini to‘ldira olmaganligi natijasida aholisi soni 10,3 ming kishiga kamaygan.
Qayd etilishicha, 2018 yilda migratsion o‘sish 2017 yilga nisbatan 43%ga kamaygan. Rossiyaga Ukrainadan migrantlar kelishi 74%ga, O‘zbekistondan 70%ga va Qirg‘izistondan 40%ga qisqargan.
Aholi tabiiy kamayishining asosiy sababi tug‘ilishning kamayishi bo‘lgan. Yanvar-oktabr oylarida tug‘ilish 1,352 mln nafarni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 66 mingtaga kamdir.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026