O‘zbekiston | 15:53 / 21.12.2018
32413
3 daqiqa o‘qiladi

22 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, cho‘l zonalarida kechasi 5-10, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining 1 ming 800 metrdan baland hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid