Jahon | 18:51 / 21.12.2018
7827
1 daqiqa o‘qiladi

Kongoda An-26 samolyoti halokatga uchradi

Foto: mil.ru

Kongo poytaxti Kinshasa aeroporti yaqinida GomAir aviakompaniyasiga qarashli An-26 transport samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Politico nashri ma'lum qildi.

Samolyotga Kongo milliy mustaqil saylov komissiyasi tomonidan buyurtma berilgan bo‘lgan. 

France-Presse axborot agentligi manbalariga ko‘ra, voqea oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, samolyotning qulashiga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.
 
Rossiyaning Kongodagi elchisining ma'lum qilishicha, samolyot bortida 23 kishi, jumladan Rossiyaning 3 fuqarosi bo‘lgan. Samolyotning qulash joyi noma'lumligicha qolmoqda.
 
Politico’ning ta'kidlashicha, 1984 yilda ishlab chiqarilgan samolyot 20 dekabr kechki payt aloqaga chiqmay qo‘ygan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu vaqtda samolyot Ndjili aeroportidan 40 kmcha uzoqlikda bo‘lgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid