O‘zbekiston | 16:16 / 21.12.2018
5772
2 daqiqa o‘qiladi

OTB O‘zbekistondagi vakolatxonaga yangi rahbar tayinladi

Foto: mf.uz

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Sindi Malvichinini O‘zbekistondagi vakolatxonaning yangi rahbari etib tayinladi. Bu haqda tashkilot saytidagi xabarda aytiladi.

Malvichini OTBning O‘zbekistondagi faoliyatiga rahbarlik qiladi va 2019-2021 yillar uchun OTBning mamlakat bo‘yicha biznes-rejalar amaliyotini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, mamlakat bilan sheriklik strategiyasi ustidan nazorat olib boradi. OTBning biznes-rejasi va strategiyasi infratuzilmaviy investitsiyalar, inson kapitali va xususiy sektorni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy hamda ijtimoiy integratsiyani yaxshilash orqali mamlakatning uzoq muddatli rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

«OTB O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikka ega, - dedi Malvichini. - Men ushbu hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatni rivojlantirish hamda islohotlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishni samarali muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilaman».

Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarosi bo‘lgan Malvichini 2005 yilda Osiyo taraqqiyot bankidagi faoliyatini boshladi va turli lavozimlarda ishladi. Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar, OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari va rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid