Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yoshlar xalqaro fan olimpiadasida oltita medalga sazovor bo‘ldi
Singapurning ChemiCo kompaniyasi tomonidan kimyo fani bo‘yicha Jahon xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi.
Unda dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 193 nafar o‘quvchi nazariy bilimlar, ularni amaliyotda qo‘llash va tahlil qilish sohasida o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Olimpiadada 17ta oltin, 24ta kumush va 43ta bronza medali egalari aniqlangan.
Ushbu xalqaro intellektual forumda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan kimyo fanlari nomzodi Yelena Delyaridi rahbarligida tayyorgarlik ko‘rgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, Jaloliddin Habibullayev oltin, Mahbuba Toirova kumush medaliga munosib topilgan bo‘lsa, Ravshan Nosirov, Javohir Akbarov, Javohir Oxunov va Muzaffar Matmurodov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, o‘zbekistonliklar jami oltita medalni qo‘lga kiritishdi.
Mavzuga oid
11:34 / 26.02.2026
Xalqaro fan olimpiadalarida oltin medal olgan yoshlarga 1 mlrd so‘mdan ortiq mukofot to‘lanadi
16:44 / 15.01.2026
Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 14 ta medal qo‘lga kiritdi
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
20:15 / 16.12.2025