Jahon | 14:11 / 21.12.2018
17695
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya: Eronni AQSh sanksiyalari yangi to‘lqinidan himoya qilamiz

Foto: RIA Novosti/Ilya Pitalev

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkovning ma'lum qilishicha, Rossiya Eron AQShning ekshududiy sanksiyalari yangi to‘lqinidan zarar ko‘rmasligini ta'minlash uchun barcha ishni amalga oshirish niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

U bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Abbos Arakchi bilan uchrashuv chog‘ida bayonot berdi.

«Biz Eron Islom Respublikasining pozitsiyalari mustahkamlanishi uchun maksimum ishni qilishga qat'iy bel bog‘laganmiz. Bunda Amerika ma'muriyatining qarori bo‘yicha qaytayotgan ekshududiy sanksiyalar yangi to‘lqinidan kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar yo‘qqa chiqarilishi lozim», - deya ma'lum qildi Ryabkov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Qo‘shma keng ko‘lamli harakat rejasini saqlab qolish uchun maksimal darajada harakat qilish niyatida. Vazir o‘rinbosari Rossiya Eron yadroviy bitimiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.

May oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan yadroviy bitimdan chiqib ketishi va Eronga qarshi sanksiyalar tiklanishi haqida e'lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShga oid keskin bayonot bergandi.

Mavzuga oid