Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShning Eron yadro bitimi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasidan chiqish to‘g‘risidagi qarorini terrorizm bilan taqqosladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Amerikaning yadroviy bitimdan chiqishi - bizning mamlakatimizga qarshi qaratilgan iqtisodiy terrorizmning bir turi hisoblanadi», - deya ma'lum qildi Ruhoniy.

Uning qayd etishicha, Tehron, o‘tkazilayotgan bosimga qaramay, terroristik guruhlarga qarshi turishda davom etadi.

«Bizni boykot qilayotgan mamlakatlar shuni bilishi kerakki, ularning xatti-harakati bizning terrorga qarshi kurashish qobiliyatimizga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Ruhoniy. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Fors ko‘rfaziga atom aviatashuvchisini jo‘natgani xabar qilingandi.

Pentagon fikricha, Amerika aviatashuvchisining mavjud ekani Eron bu suvlarda dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatni amalga oshirsa, kuchlarni tartibga solishdagi «mutlaqo ijobiy farqni keltirib chiqaradi».