Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yana tungi mojaro. 19 yoshli qiz ikki yigitni pichoqladi
Toshkent shahridagi tungi klublardan birida ikki yigit bilan janjallashib, ularni pichoqlab qo‘ygan 19 yoshli qiz kuni kecha sud qilindi. Bu haqda Sevimli telekanalidagi «Zamon» dasturida ma'lumot berilgan.
Lavhada qayd etilishicha, ushbu qiz tungi klubga o‘zining onasi bilan borgan. 19 yoshli sudlanuvchi 2018 yil 6 oktabr kuni taxminan soat ertalabki 04:40larda Toshkent shahar Olmazor tumani Forobiy ko‘chasida joylashgan «Nihol» tungi klubi oldida o‘zaro kelishmovchilik sabab to‘s-to‘polon ko‘taradi. Janjal qizning pichoqbozligi bilan yakunlanadi.
Shu kuni yigitlardan birining qo‘li yengil jarohat oladi, ikkinchisi esa og‘ir darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqiziladi.
Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi Mirziyod Obidov tungi klubda yigitlarga tan jarohati yetkazgan qizga hukm o‘qigan.
Jabrlanuvchi yigitlar qizga nisbatan hech qanday da'vosi yo‘qligini bildirib, suddan sudlanuvchi qizga yengillik berishni so‘ragan.
Yigitlarga jarohat yetkazgan qiz O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi (qasddan badanga og‘ir zarar yetkazish) va 277-moddasi 3-qismi «g» (bezorilik) bandi bilan ayblandi.
Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash ko‘rinishidagi jazo tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 9 avgustga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan «Aurum 898» tungi klubida erkin kurash bo‘yicha professional sportchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi. Kenjayev olingan og‘ir jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026