Jahon | 13:59 / 21.12.2018
19833
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQShga S-400 bo‘yicha taklif haqidagi xabarlarga izoh berdi

Foto: Aleksey Pavlishak/TASS

Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi manba Amerikaning Bloombreg agentligi tomonidan tarqatilgan xabarni tasdiqlamadi. Unda Anqara Vashingtonga Rossiya tomonidan yetkazib beriladigan S-400 zenit raketa komplekslarini tadqiq etishni taklif qilgani aytilgandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Xabar berilishicha, muzokaralar chog‘ida Turkiya va AQSh S-400 NATO tizimlaridan mustaqil tarzda foydalanilishi haqidagi qarorga kelgan. Shuning uchun Anqaraning Rossiyadan zenit raketa komplekslari sotib olinishi Amerikaga qarashli F-35 qiruvchilariga zarar yetkazmaydi va ularga aloqador ma'lumotlarni oshkor qilmaydi.

«Shu maqsadda tegishli choralar ko‘rildi, bizning texnik mutaxassislar esa ikki tomonlama muzokaralar olib borishi mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQShga S-400 bo‘yicha taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.

Mavzuga oid