Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati ishni qisman to‘xtatdi. Tramp bunga izoh berdi
Foto: James Lawler Duggan/Reuters
AQShda federal hukumat 22 dekabr, shanba kuni ishini qisman to‘xtatib qo‘yadi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
Xabar qilinishicha, Amerika senati va vakillar palatasi xodimlari byudjyet muhokamasini tugatib, qaror qabul qilmasdan Kapitoliyni tark etishgan.
Aniqlik kiritilishicha, mamlakatning eng muhim vazirliklarini moliyalashtirish Toshkent vaqti bilan soat 10:00da to‘xtatiladi.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp mamlakat hukumati ishi to‘xtatilishiga munosabat bildirdi. Bu siyosatchi haqida tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat faoliyati to‘xtatilishi bilan hech narsa qilishning imkoni yo‘q. Uning umid bildirishicha, bu holat uzoq davom etmaydi.
«Bizning buyuk mamlakatimiz xavfsiz chegaraga ega bo‘lishi kerak», - deya ma'lum qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Kongressi «Tramp devori»ga olti milliard dollar sarflashga qaror qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:44 / 02.05.2026
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026