AQŞ Kongressining vakillar palatasi Meksika bilan çegarada devor quriş uçun 5,7 milliard dollar ajratilişini ma'qulladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Rezolyutsiyani 217 nafar kongressmen qöllab-quvvatladi, 185 nafari qarşi ovoz berdi. Endi qonun loyihasini AQŞ Senati körib çiqişi kerak, undan söng hujjat imzolaş uçun prezident Donald Trampga yuboriladi.
AQŞ Demokratik partiyasi a'zolari devor qurilişiga qarşi çiqişmoqda va qonun loyihasini bloklaş uçun Senatda yetarliça ovozga ega ekanliklarini bildirişmoqda. Öz navbatida, Trampning ma'lum qilişiça, agar hujjatda devor qurilişiga xarajatlar nazarda tutilmasa, uni imzolaşdan boş tortadi.
Iyul oyida Tramp AQŞ hukumati işini töxtatib qöyiş bilan tahdid qildi. Öşanda bu agar demokratlar devor qurilişini öz içiga oladigan, çegarani qöriqlaş töğrisidagi qonun loyihasini qöllab-quvvatlaşmasa, yuz berişi aytilgandi.
AQŞ va Meksika çegarasida devor quriş Tramp saylovoldi kampaniyasidagi va'dalardan biri edi. 2017 yilning yanvarida prezident etib saylanganidan keyin, u ikkita farmonni imzoladi: devor qurilişini nazarda tutuvçi, davlat çegarasini qöriqlaş haqida va immigratsiya töğrisida. Avgust oyi boşida Amerika yetakçisi devorning katta qismini quriş haqida topşiriq bergani xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Meksika bilan çegarada «badiiy bezak qilingan» devorni va'da qilgandi.

















