Jahon | 15:51 / 22.12.2018
8156
1 daqiqa o‘qiladi

Bild: Germaniya Eron aviakompaniyasiga nemis aeroportlaridan parvozlarni taqiqlaydi

Foto: Global Look Press/Mahan Air

Germaniya hukumati Eronning  Mahan Air aviakompaniyasiga nemis aeroportlaridan parvozlar amalga oshirishni taqiqlaydi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bild xabar berdi. 

Nashrning bildirishicha, parvozlar 2019 yil yanvardan boshlab taqiqlanadi. Ayni paytda aviakompaniya haftasiga olti marta Myunxen va Dyusseldorfdan Tehronga parvozlarni amalga oshiradi.

Gazetaning xabar qilishicha, Mahan Air Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq komandiriga tegishli. Qayd etilishicha, aviakompaniya Suriya prezidenti Bashar Asad bilan hamkorlik qiladi va bu davlatga jangarilar va qurol tashish bilan shug‘ullanadi.

Mahan Air aviakompaniyasi 2011 yilda AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unga nisbatan so‘nggi sanksiyalar shu yilning mayida joriy etilgan.

Mavzuga oid