Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp prokurorlarning harakatidan g‘azabga keldi
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Mett Uitakerga darg‘azab ekanini bildirdi. Bu prokurorlar xatti-harakati tufayli yuz bergan, ular Tramp avval advokati Maykl Koen o‘zini aybdor deb tan olgan jinoyatlarga aloqasi borligi haqida bildirishgan, deb xabar qilmoqda CNN.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, Tramp o‘zini yomon obrazda taqdim etishganidan darg‘azab bo‘lgan. Ularning hech biri Tramp tergovni to‘xtatish haqida talab qo‘ygani borasida xabar bermadi. Ularning qayd etishicha, AQSh prezidenti vaziyat adolatsiz ko‘rinishda ekani tufayli g‘azabga kelgan.
Xabar berilishicha, Tramp shu munosabat bilan Uitakerga kamida ikki marta darg‘azab ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg Trampning yangi qarori fojiali qadamga aylanishi mumkin ekani haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026