AQŞ prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimi rahbari Jyerom Pauellni iste'foga çiqariş imkoniyatini örganmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

Agentlik manbalari söziga köra, idora asosiy foiz stavkasini kötarganidan söng, Qöşma Ştatlar prezidentining FZT rahbaridan hafsalasi pir bölgan.

Şu bilan birga, naşr ma'lumotlariga köra, Trampning maslahatçilari u Pauellga qarşi çiqişi mumkin ekaniga işonmayapti. Ularning umid bildirişiça, prezident bayramlar paytida öz qaroridan qaytadi. Maslahatçilar taxminiça, FZT rahbarining işdan böşatilişi «fojiali qadam» böladi.

Avvalroq, Jyerom Pauell Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan çiqişi Amerika iqtisodiyotiga qanday ta'sir körsatişi haqida gapirgandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval AQŞ hukumati işni qisman töxtatgani, Tramp bunga izoh bergani xabar qilingandi.