Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston xalqaro qarz bozoridagi debyut uchun 4 ta bankni yolladi
O‘zbekiston hukumati dollarli bondlarni ilk marotaba chiqarishni tashkil qilish uchun banklarni yolladi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlikning ta'kidlashicha, O‘zbekiston xalqaro qarz bozorlariga chiqish uchun tayyorgarlikni yakunlayapti va bondlarni dastlabki chiqarishni tashkil qilish uchun to‘rtta bankni yolladi.
JP Morgan, Deutsche Bank, Citi va Gazprombank O‘zbekiston obligatsiyalarini joylashtirishni tashkil etish uchun vakolatlarga ega bo‘ldi.
2019 yilning birinchi choragida O‘zbekiston 500 million dollarlik obligatsiyalar joylashtirishni rejalashtirmoqda. Qaytarish muddati 5-10 yilni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fitch Ratings O‘zbekistonning birinchi suveren reytingini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
17:48 / 20.05.2026
Bankda oltin quymasini qanday sotib olish mumkin?
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
10:07 / 04.05.2026
Chet el valutasida obligatsiya chiqarishga ruxsat berildi
11:42 / 31.12.2025