Jahon | 08:15 / 22.12.2018
40316
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar ma'lum qilindi

Foto: Yegor Aleyev/TASS

HeadHunter ish qidirish bo‘yicha sayt 2018 yilda Rossiyadagi bo‘sh ish o‘rinlar dinamikasi va ish haqi miqdorini tahlil qilib chiqdi.

2018 yil dekabr holatiga ko‘ra:

Rossiyada «mutaxassis» darajasidagi xodim uchun o‘rtacha kutilgan ish haqi - 58,2 ming rubl, o‘rtacha pastki maosh - 48,7 ming rubl;

Moskva o‘rtacha kutilgan ish haqi - 74,8 ming rubl (mutaxassislar uchun), taklif qilingan o‘rtacha - 63,9 ming rubl, amalda - taxminan 75 ming rubl;

Sankt-Peterburg aholisi 60,2 ming rubl miqdorida maoshni kutadi, ish beruvchilar o‘rtacha 51 ming rubl taklif qiladi, o‘rtacha ish haqi - 55,5 ming rubl;

Uzoq Sharq federal okrugi: xodimlar 53,1 ming rubl miqdorida maosh so‘raydi, ish beruvchilar 52,6 ming rubl to‘lashga rozi, yakunda 51 ming rubldan bir oz kamroq haq to‘lanadi;

Sibir federal okrugi: kutilgan - 47 ming rubl, taklif qilingan - 42,3 ming rubl, amalda - 41,2 ming rubl;

Ural federal okrugi: kutilgan - 46 ming rubl, taklif qilinadigan - 44,3 ming rubl, amalda - 41 ming rubl;

Markaziy federal okrug: kutilgan - 43 ming rubl, taklif qilinadigan - 39,7 ming rubl, amalda - 40 ming rubl;

Volga federal okrugi: kutilgan - 42 ming rubl, taklif qilingan - 41,4 ming rubl, amalda - 36,8 ming rubl;

Shimoliy Kavkaz federal okrugi: kutilgan - 44,3 ming rubl, taklif qilinadigan - 37,5 ming rubl, amalda - 32,5 ming rubl;

Janubiy federal okrug: kutilgan - 52 ming rubl; taklif qilinadigan - 49,2 ming rubl; amalda - 32 ming rubl;

Shimoli-G‘arbiy federal okrug: kutilgan - 35 ming rubl, taklif qilinadigan - 33,7 ming rubl, amalda - 30 ming rubl.

Tadqiqot doirasida HeadHunter, shuningdek, real daromadga qarab professional sohalar reytingini tuzdi. Moskvada daromad bo‘yicha yetakchilar:

Foto: Vasiliy Kuzmichenok / TASS

dasturiy ta'minot ishlab chiqish (o‘rtacha ish haqi 130,5 ming rubl);
AT-konsalting (130 ming rubl);
ma'lumotlar bazasini boshqarish (120,6 ming rubl);
xatarlar (112 ming rubl);
strategik rejalashtirish, tashkiliy rivojlanish, biznes-jarayonlar (107 ming rubl).

Mintaqalardagi yetakchilar:

dasturiy ta'minot ishlab chiqish (o‘rtacha ish haqi 77,9 ming rubl);
ma'lumotlar bazasini boshqarish (74 ming rubl);
development (64,9 ming rubl);
qurilishda texnik nazorat (59,8 ming rubl);
AT-konsalting (59,6 ming rubl).

Tahlilchilar taklif etilayotgan ish haqlarini muayyan sohalarda baholadilar, axborot texnologiyalari reytingda yana yetakchi bo‘ldi:

axborot texnologiyalari, tizim integratsiyasi, Internet (88,8 ming rubl, 2017 yilga nisbatan 29 foizga o‘sish);
neft va gaz (87,8 ming rubl, o‘sish 28 foiz);
qazib olish sohasi (80,5 ming rubl, plyus 25 foiz);
tashuvlar, logistika, omborxona, tashqi iqtisodiy faoliyat (69 ming rubl, plyus 20%);
og‘ir mashinasozlik (60 ming rubl, plyus 20%).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada eng yuqori ish haqi qaysi hududlarda berilishi ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid