Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yirik o‘g‘irlik fosh etildi
Illyustrativ foto
Shu yilning 3 dekabr kuni Samarqand shahrida yashovchi G.B. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 30 noyabr kuni noma'lum shaxs uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan pullari va umumiy qiymati 21 mln so‘mlik 7 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahar Farobiy ko‘chasida yashovchi A.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
14:39 / 06.01.2026