Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi sunami qurbonlari soni 222 kishiga yetdi
Indoneziyada 22 dekabr kechki vaqt yuz bergan sunami qurbonlari soni 222 kishiga yetdi.
Shuningdek, 840 kishi jarohat olgan, 28 kishi bedarak yo‘qolgan.
Ta'kidlanishicha, bu raqamlar yakuniy emas, qutqaruvchilar barcha jabr ko‘rgan aholi punktlarigacha hali yetib borishmagan.
Tsunamidan Yava dengizini Hind okeani bilan bog‘lovchi va Yava hamda Sumatra orollari o‘rtasida joylashgan Zond bo‘g‘ozi yaqinidagi hududlar, jumladan Banten viloyatidagi (Yava oroli) Pandeglang okrugi ko‘proq jabr ko‘rgan. Bu yerda Udjung-Kulon milliy bog‘i va ommaviy plyajlar joylashgan.
Mutaxassislar sunamiga Anak Krakatau vulqoni otilgani sabab bo‘lganini taxmin qilishmoqda. Bu vulqon 1883 yilda falokatli otilish oqibatida vayron bo‘lgan Krakatau vulqoni o‘rnida hosil bo‘lgan. Vulqon qisman suv ostida joylashgani sababli uning otilishi to‘lqinlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Tsunami kuchiga shuningdek to‘linoy ta'sir qilishi mumkin: bunday vaqtda suvning ko‘tarilishi eng kuchli bo‘ladi.
Xorijiy OAVlardan birining ma'lum qilishicha, aholi yaqinlashayotgan to‘lqindan ogohlantirilmagan. Guvohlardan birining aytishicha, voqea yuz bergan kecha vulqonning aytarli faollashgani kuzatilmagan, u hattoki ko‘rinmagan. Biroq keyin sohilga to‘lqin urilgan, birinchi to‘lqin kuchli bo‘lmagan, biroq keyingisi mashinalarni yuvib ketib, binolarni vayron qilgan.
Indoneziya rahbariyati aholini takroriy sunami yuz berishidan ogohlantirdi. Pandelang, Serang va Janubiy Lampung okruglari aholisiga Zond bo‘g‘ozi sohilbo‘yi hududlariga bormaslik tavsiya qilingan.
“Krakatau vulqoni otilishda davom etmoqda, bu takroriy sunamiga olib kelishi mumkin”, deb aytgan Indoneziyaning favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish davlat kengashi raisi Sutopo Purvo Nugroxo.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
08:02 / 11.04.2026
Kosmosdan tarixiy kuzatuv: sunami paydo bo‘lishi ilk bor muhrlandi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026