O‘zbekiston | 13:24 / 24.12.2018
55305
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 25 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 13,96 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8339,55 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 65,83 so‘mga qimmatlab, 1 yevro 9479,57 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 3,79 so‘mga tushdi va 120,91 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi avgust oyi boshida 7783 so‘mgacha tushgandi. Kurs sentabr oyidan yana o‘sa boshladi, sentabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashib, bir haftada 176,83 so‘mga o‘sdi va 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi. 

Shundan so‘ng rasmiy kurs 18 hafta davomida muntazam ko‘tarildi va ikki hafta muqaddam 8300 so‘mlik nuqtadan o‘tgan, lekin dekabr oyi boshiga kelib, ilk marta pasaygandi.

Mavzuga oid